O‘zbekiston | 08:20 / 05.09.2020
17075
4 daqiqa o‘qiladi

9ta korxonada monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi - Hukumat qarori loyihasi

Raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishi xavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Raqobat sohasida xavflarni boshqarish va qonunchilik talablari buzilishining oldini olish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belgilanishicha:

a) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta'minlash ichki tizimini joriy etish monopoliyaga qarshi tartibga solishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi;

b) monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat boshqaruvi, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish;

raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish bilan bog‘liq xavflarni samarali boshqarish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar uchun o‘z obro‘-e'tiborga doir yo‘qotishlarini oldini olish;

biznes yuritishning insofli amaliyotini shakllantirish;

v) monopoliyaga qarshi komplayens tizimi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarida vakolatli shaxsni tayinlash orqali joriy etiladi va quyidagilarga qaratiladi:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish bilan bog‘liq xavflarni aniqlash va baholash;

davlat organi va xo‘jalik yurituvchi sub'yekt tomonidan monopoliyaga qarshi komplayens faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha choralarga rioya etish;

davlat organi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda monopoliyaga qarshi komplayensning amal qilishi muhim ko‘rsatkichlariga rioya etish hamda samaradorligini baholash;

g) 2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish quyidagilar uchun majburiy hisoblanadi:

davlat boshqaruvi organlari;

mahalliy hokimiyat organlari;

davlat ishtirokidagi korxonalar;

d) 2022 yil 1 yanvardan boshlab monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish quyidagi mezonlarga javob beradigan barcha sub'yektlar uchun majburiy hisoblanadi:

tabiiy monopoliya sub'yektlari;

tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar;

oxirgi uch yilda tovar (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori hajmi 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.

Belgilab qo‘yilishicha, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarida hamda yuqoridagi mezonlarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimining samarali yo‘lga qo‘yish uchun shaxsan rahbar mas'ul hisoblanadi.

Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi 2021 yil 1 yanvardan boshlab tajriba (sinov) tariqasida joriy etilayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati

1. «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati

2. «Kvars» aksiyadorlik jamiyati

3. «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki

4. «UzAuto motors» aksiyadorlik jamiyati

5. «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati

6. «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati

7. «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati

8. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati

9. «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyati.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid