Jahon | 19:49 / 05.09.2020
4722
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Dastlabki taxminga ko‘ra, portlashga gaz to‘planib qolishi sabab bo‘lgan.

Bangladeshning Narayanganj shahridagi masjidda sodir bo‘lgan portlash natijasida 16 kishi halok bo‘ldi. Associated Press (AP) agentligining xabar berishicha, 37 kishi jarohatlanib kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Reuters 13 kishi halok bo‘lgani va 30 kishi jarohatlangani haqida ma'lum qilgandi.

Xabar qilinishicha, 16 kishi, ular orasida bir nafar yetti yoshli bola ham bo‘lgan, olgan jarohatlari natijasida vafot etgan. Kamida 37 kishi 90 foiz kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, portlashga gaz to‘planib qolishi sabab bo‘lgan.

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, masjidda barcha eshik va derazalar yopiq bo‘lgan, ishlab turgan konditsionerlar chaqnash manbai bo‘lib, bu portlash keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid