Bill Geyts muammolarni hal qilishda ikki savoldan foydalanishini aytdi
«Bu muammoni kim hal qila olgan? Ulardan nimani o‘rganishimiz mumkin?» savollari oddiydek ko‘rinishi mumkin, ammo ba'zida ularga javob topish judayam qiyin», deb yozdi tadbirkor.
Bill Geyts muammoning yechimini topishdan oldin inson o‘ziga quyidagi ikki savolni berishi kerak deb hisoblaydi: «Bu muammoni kim hal qila olgan? Ulardan nimani o‘rganishimiz mumkin?».
«O‘smirlik davrimdan buyon har bir yangi muammoni mana shu ikki savol yordamida yechganman. Microsoft’da ishlaganimda ham shu usuldan foydalanganman va hozir ham foydalanaman», — deb yozdi Geyts o‘z blogida.
«Bu muammoni kim hal qila olgan? Ulardan nimani o‘rganishimiz mumkin?» savollari oddiydek ko‘rinishi mumkin, ammo ba'zida ularga javob topish judayam qiyin», deb yozdi tadbirkor.
Geytsning so‘zlariga ko‘ra, bular uning maqsadga erishishida yordam beradigan yagona savollar emas. Masalan, u har yil oxirida «nimani yaxshiroq amalga oshira olgani», «qancha yangi narsa o‘rgangani», «yangi do‘stlar orttirgani» va «oilasiga vaqt ajratgani»ni sarhisob qiladi, deya qayd etadi CNBC.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
10:17 / 01.12.2023
Bill Geytsdan yil yakunida 3 ta kitob – milliarder qanday kitoblar tavsiya qildi?
23:05 / 24.11.2023
Sun’iy intellekt tufayli insoniyat uch kunlik ish haftasiga o‘tadi – Bill Geyts
12:21 / 15.06.2023