Jarima maydonchasidan mototsiklni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 2 sentabr kuni soat 04:30larda fuqaro S.J. Jangir qishlog‘ida joylashgan jarimalar maydonchasida saqlanayotgan, fuqaro Q.A.ga tegishli bo‘lgan davlat raqamsiz “Yava” rusumli mototsiklni olib qochgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, S.J. Qo‘qon–Yaypan yo‘lida mototsiklni yetaklab borayotgan vaqtida, ushbu hududda xizmat olib borayotgan O‘zbekiston tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari tomonidan to‘xtatilib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
21:49 / 04.11.2024