Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi limonzorlarni barpo etish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Limonchilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
Yangi limonzorlarni barpo etishga ko‘maklashish bo‘yicha tumanlar ishchi komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlanadi.
Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, subsidiyalar 2020 yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi limonchilik yo‘nalishidagi loyiha tashabbuskorlariga beriladi.
Yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning har bir gektari uchun 30 million so‘mdan oshmaydigan miqdori subsidiya sifatida qoplab beriladi.
Kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi «Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ–4549-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Yangi barpo etilgan limonzorlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 fevraldagi 98-son qarori bilan tasdiqlangan Yangi intensiv bog‘, uzumzor va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Subsidiyalar loyiha tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi qaroriga asosan beriladi.
Loyihalar subsidiyalar hisobidan Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha moliyalashtiriladi.
Subsidiya to‘lovlari yangi limonzorlarni barpo qilish ishlari loyiha tashabbuskorlari tomonidan yakunlanib, limon ko‘chatlari ekilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Loyiha tashabbuskorlari subsidiya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga yozma yoki belgilangan tartibda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
yuridik shaxsning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR) va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, so‘rayotgan subsidiyaning maqsadi, loyihani amalga oshirish joyi, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki nomi va bankdagi hisobraqami ko‘rsatilgan holda subsidiya berish to‘g‘risidagi ariza;
yangi limonzorlarni barpo etish uchun yer uchastkasi ajratilganligi to‘g‘risida hujjatlar nusxasi (tuman hokimining qarori, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i);
yer uchastkasiga tuzilgan uzoq muddatli ijara shartnoma nusxasi (yer uchastkasi doimiy egalik qilish yoki doimiy foydalanishga berilgan hollar bundan mustasno);
qishloq xo‘jaligi birlashmasiga (kooperatsiyaga) a'zoligi bo‘yicha ma'lumotnoma;
Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma'lumot;
Loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalari ko‘rsatilmagan loyihalar ko‘rib chiqilmaydi.
Agentlik:
loyiha tashabbuskorlari tomonidan subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning uch ish kunida Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi;
taqdim qilingan hujjatlar Nizomning 10-bandiga muvofiq bo‘lmagan, 2020 yildan oldin tashkil qilingan va boshqa kamchiliklar aniqlanganda, loyiha tashabbuskorlarini bu haqda xabardor qiladi;
loyiha tashabbuskorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar Agentlik tomonidan xabardor qilgandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni loyiha tashabbuskorlariga qaytaradi;
loyiha tashabbuskorlarining subsidiyalar olish bo‘yicha Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlarini Kengashga navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025