Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng badavlat davlatlardan biri arzon neft sababli bankrotlik yoqasiga kelib qoldi
Kuvayt bankrotlik yoqasida turibdi. Bunga esa neft arzonlashgani sabab hisoblanadi. Fors ko‘rfazining eng boy davlatlaridan biri budjeti daromadining 90 foizini uglevodorodlar sotilishidan oladi.
Ta'kidlanishicha, mamlakatda noyabrdan boshlab davlat xizmatchilariga maosh to‘lashda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Zaxira jamg‘armasi 6,54 mlrd dollarga to‘lgan, joriy xarajatlar esa 5,56 mlrd dollarni talab qiladi. Kuvayt moliya vazirligida ta'kidlanishicha, Kuvaytning davlat sektorida 80 foiz kishi band.
Mamlakat budjeti taqchilligi moliya yili yakunlangan 1 aprelda 69 foizni, ya'ni 18,44 mlrd dollarni tashkil qilgan. Milliy bank ushbu ko‘rsatkich yalpi ichki mahsulotning 10 foizini tashkil qilishini ma'lum qilgan. Bungacha esa 4,8 foiz miqdorida budjet profitsiti qayd qilib kelingan.
Bloomberg’ning xabar berishicha, prognozlarga ko‘ra Kuvayt budjeti taqchilligi 46 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, hukumat va parlament ushbu vaziyatdan chiqishning turlicha yo‘lini taklif qilmoqda. Moliya vazirligi joriy vaziyatda kelgusi avlodlar uchun mo‘ljallangan zaxira jamg‘armasini qo‘llamaslik kerak deb hisoblamoqda. Hozirda ushbu jamg‘armada 550 mlrd dollar bor.
Vazirlik yevroobligatsiyalar joylashtirish va tashqi hamda ichki bozorda 65 mlrd dollargacha qarz olishga imkon beruvchi qonun qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq parlament bu taklifni rad etgan.
“Dunyoda yirikligi bo‘yicha 4-raqamli milliy farovonlik jamg‘armasiga ega bo‘la turib, hukumat qarzga botishga intilayotgani sharmandalikdir. Bu hukumatning muvaffaqiyatsizliklaridan darak beradi”, deb aytishgan parlament vakillari.
Kuvayt milliy bankida ham qonun qabul qilinishi zarurligi, chunki mamlakat zaxiralari ozayib borayotgani, taqchillik esa oshayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, Fors ko‘rfazi davlatlari neft arzonlashganini ilg‘amay, katta xarajatlar qilish odatini shunga mos ravishda o‘zgartirmagan va endilikda iqtisodiy “qasos” vaqti keldi.
“Bir kun biz uyqudan turib, barcha yig‘ganlarimizni sarflab bo‘lganimizni anglaymiz - bank ko‘chirmasini tekshirmaganimiz uchun emas, balki uni tekshirib, unga ishonmaganimiz uchun. Biz bank ma'lumotlarini shunchaki xatolik deb qabul qilib, do‘konga borib o‘zimizga Rolex’ning eng oxirgi modelini sotib olganmiz”, deb izoh bergan ushbu vaziyatga siyosiy va moliyaviy kommunikatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi Bensirri firmasi rahbari Favaz Al-Sir.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:39 / 11.05.2026