Jahon | 21:33 / 06.09.2020
6412
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada “Xayshen” to‘foni sababli xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi

Foto: Kyodo News

Janubiy Koreyada “Xayshen” to‘foni yaqinlashayotgani sababli to‘fonlardan ogohlantirishning eng yuqori darajasi e'lon qilindi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.     

Bundan tashqari, mamlakatning bir qator hududlarida ko‘chkilar xavfliligining eng yuqori darajasi e'lon qilingan.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In hukumatga va to‘fon yopirilishi kutilayotgan Kanvondo provinsiyasi rahbariyatiga talafotlar oldini olishga puxta tayyorlanish vazifasini topshirgan. Bundan tashqari, mamlakat rahbari odamlarga ziyon yetmasligi uchun sohilbo‘yi hududlariga va yerosti yo‘llariga kirishni cheklashga chaqirgan.

“Xayshen” superto‘foni hozirda Yaponiyadan o‘tmoqda va Koreya yarimoroliga 7 sentyabrda yetib borishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid