Bu xulosa manbayi - BMT Xavfsizlik kengaşining Liviya böyiça qömitasiga yuborilgan yopiq hisobotdir - bu hisobot bilan New York Times va Reuters tanişişga muvaffaq bölgan.

Naşr ma'lumotiga köra, hisobotda Rossiya va Birlaşgan Arab Amirliklari qurolli kuçlari Liviyadagi «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasi yollanma jangçilari va mamlakat şarqida nazorat örnatgan Xalifa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasini qöllab-quvvatlayotgani körsatilgan. Ekspertlarning hisoblaşiça, Haftarga Fransiya, Misr va Iordaniya ham yordam körsatadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Liviyadagi yollanma jangçilar Rossiya manfaatlarini ifoda etmasligini ma'lum qilgandi. OAV xabarlarida qayd etilgan davlatlar vakillari BMT hisoboti yuzasidan izoh berişmadi.

Ziddiyatning ikkinçi tomoni - BMT tomonidan tan olingan Tripolidagi Foiz Saroj hukumati esa Turkiya tomonidan oçiqdan oçiq qöllab-quvvatlanadi. Hisobotdagi ma'lumotlarga köra, harbiy yuklar ba'zida yölovçi reyslar orqali yetkazib berilgan. Hisobotda AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama ma'muriyati bosimi ostida tanaffus qilgan Qatar ham Liviyadagi mojarolarga qayta qöşilgani qayd etilgan.

Qatar aviatsiyasi ham Liviyaga köplab reyslar amalga oşirgan va Saroj hukumatiga yordam yetkazib bergan. Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari avgust oyida birgalikda Tripoliga taşrif buyurişgan.

Çorşanba kuni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining Liviyadagi vakili vazifasini bajaruvçi Stefani Uilyams ikki lagerdagilar ham qurol yetkazib berişga qöyilgan embargoni buzişda faol ekani, hududda koronavirus bilan boğliq vaziyat ham nazoratdan çiqib ketayotganini aytib ötgan.

OAV nimalardan xabar topdi?
Reuters’ning yozişiça, BMTdagilar Suriyadan Liviyaga harbiy yuklar bilan 338ta reys amalga oşirilganini hisoblaşgan.

«2020 yilning yanvaridan iyunigaça Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari tomonidan qöllab-quvvatlanadigan «Vagner» XHK va ehtimol boşqa xususiy harbiy kampaniyalarga körsatilgan yordam hajmi sezilarli darajada oşgan», - deya yopiq hisobotdan iqtibos keltiradi agentlik.