AQŞ ança faol pozitsiyani egallay boşladi

Şarqdagi kuçlar rahbari Xalifa Haftar armiyasi esa hujum pozitsiyasidan mudofaa pozitsiyasiga ötdi va bundan ham köproq joy yöqotib qöymaslik ularning asosiy maqsadiga aylandi. Boşqa tomondan, Haftar tarafdorlarining kuraşda ğolib bölgan tomonda böliş umidlari ham özgarişga yuz tutdi. Endi ular butkul mağlub tomonda bölmaslik uçun yöqotişlarini minimallaştirişga kirişdilar. Buning uçun ular UMH’ning harbiy rivojlanişini töxtatişga qaratilgan qizğin faoliyatga kirişdilar. Ilgari bu jarayonga kam jalb qilingan holda iştirok etgan AQŞ esa UMH foydasiga nisbatan ança faol pozitsiyani egallay boşladi.

Sirt va Kufra – kuraşning ramziy ostonasi

Liviyadagi inqiroz muhim buriliş nuqtasida turibdi. Tomonlarning özgargan pozitsiyalari nuqtayi nazaridan Sirt va Kufra bilan ramziy ma'no kasb etadigan uşbu buriliş nuqtasi Liviyadagi inqirozning sur'atiga va ehtimol, uning taqdiriga katta ta'sir körsatişi mumkin. Çunki Sirt şahrining UMH boşqaruviga ötişi Liviyaning şarqidagi Benğozi va Tobrukning rivojlanişi hamda «neft hiloli» deb nomlangan mamlakat janubidagi strategik neft qazib oliş hududlarini nazorat ostiga oliş yölidagi muhim qadam böladi. Boşqaça qilib aytganda, Sirt Haftar kuçlarini bartaraf etiş va Milliy kelişuv hukumatining milliy hokimiyatini örnatiş jarayonida öziga xos ostonadir. Xuddi şu holat harbiy nuqtayi nazardan Kufra aviabazasi uçun ham amal qiladi. Şu sababli, UMH uçun strategik ahamiyatga ega bölgan Kufra aviabazasini nazorat qiliş juda muhim, çunki ğarbdagi hukumatning örta va uzoq muddatli maqsadlarini amalga oşiriş uçun Sirt bilan birgalikda nazoratda turilişi lozim.

Siqilib borayotgan Haftar ham Sirt va Kufra şaharlarining strategik ahamiyatini yaxşi tuşunadi va şuning uçun ham bu ikki mintaqadan çekinmaslik uçun imkon qadar köproq qarşilik körsatadi. Bu yerda haqiqiy muammo Haftarning qarşilik nuqtasi qanday darajada ekanligidadir. Sönggi olti oyda Haftar armiyasi Foiz Siroj kuçlariga qarşi tura olmagani UMH’ning sohadagi ustunligini yaqqol namoyiş etdi. Şuning uçun, normal şaroitda, Haftar kuçlari UMH’ning olğa ilgarilaşiga tösqinlik qila olmaydi.

Bu vaqtda Haftar kuçlari harbiy salohiyatidan köra köproq tarafdorlarning munosabati va pozitsiyalari kuçga kiradi. Çunki siyosiy-harbiy obrösi kundan kunga «erib» borayotgan Haftar ma'lum darajada qöllab-quvvatlanmoqda. uşbu yordam Haftar şaxsiyatini emas, uning tarafdorlari erişmoqçi bölgan maqsadlarni aks ettiradi. Boşqaça qilib aytganda, avvallari Haftarga berilgan ixtiyoriy kömak sohadagi özgarişlar tufayli Liviya doirasidan çetda qolmaslik uçun berilgan yordamga aylaniş arafasida.