O‘zbekiston | 00:11 / 07.09.2020
27531
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlandi, 400ga yaqin bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 6 sentabr kuni 293ta yangi holat qayd etildi, 397 nafar bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 6 sentabr kuni mamlakatimizning 7 ta hududida 293 holatda kasallik qayd etildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi holatlar (+293)
Kun davomida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 293 holat aniqlangan va jami holatlar soni 43 ming 663taga yetgan.

  • Toshkent shahrida 177 holat;
  • Toshkent viloyatida 88 holat;
  • Samarqand viloyatida 10 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 9 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 holat;
  • Andijon viloyatida 2 holat;
  • Namangan viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+397)
Bugun Toshkent shahri, Qashqadaryo, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 397 nafar bemor sog‘aydi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 41 ming 277 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 279 nafar;
  • Toshkent viloyatida 91 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar;
  • Samarqand viloyatida 8 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar. 

O‘lim holatlari (+5)
Kun davomida Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlardan 5 nafari vafot etdi va rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 348 nafarga yetdi.

  • Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak);
  • Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli A.A. (ayol);
  • Yakkasaroy  tumanida yashagan 82 yoshli I.M. (ayol);
  • Yunusobod tumanida yashagan 68 yoshli A.R. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 038 nafar bemor davolanmoqda, ularning 375 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid