Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda loyiha qiymati 376,7 mln dollar bo‘lgan Bo‘ston kanali qurilmoqda
Qoraqalpog‘istonda Xitoy va mahalliy 14ta pudratchi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan, Ellikqal'a, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarini kesib o‘tuvchi Bo‘ston kanali qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.
Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga qaratilgan bu loyihaning umimiy qiymati 376,7 mln. dollarni tashkil etadi.
Qurilish ishlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda, deyiladi Ellikqal'a tumani hokimligining Kun.uz'ga bergan ma'lumotida.
Qayd etilishicha, kanalga ishga tushgandan keyin Ellikqal'a, Beruniy va To‘rtko‘l tumanlaridagi 100 ming gektar sug‘oriladigan yerlarida suv resurslarini boshqarish yaxshilanadi.
Yiliga 269 mln. m3 suv iqtisod qilinadi. 402dan ortiq nasos stansiyalari to‘xtatilib, yiliga 6,9 mln dollar miqdorida elektr energiyasi va foydalanish xarajatlari iqtisod qilinadi.
Mavzuga oid
18:45 / 20.04.2026
Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
18:15 / 30.03.2026