8 sentabr kuni Minskda, Aleksandr Lukaşenkoning Mustaqillik saroyidagi qarorgohiga Rossiya naşrlari vakillari - «VGTRK» (Butunrossiya davlat televizion va radiouzatuv kompaniyasi) korrespondenti Yevgeniy Rojkov, Russia Today boş muharriri Margarita Simonyan, «Pervyy kanal» korrespondenti Anton Vernitskiy va «Govorit Moskva» radiostansiyasi boş muharriri Roman Babayan prezidentdan intervyu oliş uçun kelişdi.

«Köproq ötirib yubordim, ammo...»
Intervyu davomida Lukaşenkodan Belarusdagi namoyişlar sababi haqida söralgan. U esa asosiy sabab taşqi kuçlar ta'siri ekanini aytib, amerikaliklarni mamlakat işlariga aralaşişda ayblagan. Şu bilan birgalikda, belaruslarning noroziliklariga içki sabablar ham borligini tan olgan.

«Ha, balki, men biroz köproq ötirgandirman. Ehtimol, meni nafaqat televizordan körsatişgan, balki dazmol va çoynakdan ham çiqib kelavergandirman. Ammo, çindan hozirda belaruslarni faqat men himoya qila olaman», deya Lukaşenkoning sözlarini keltirgan  «Govorit Moskva».

Lukaşenko namoyişlarning yana bir sababi sifatida Belarusda ikkita yangi avlod paydo bölgani va «burjuylarning kiçik sinfi hokimiyatga intilayotgani»ni keltirgan.

U rossiyalik jurnalistlarga öz postini «şunçaki» tark etmasligini ma'lum qilgan.

«Men şunçaki ketmayman. Men çorak asr mobaynida Belarusni barpo etdim. Barçasini şunçaki taşlab ketmayman. Qolaversa, agar men ketsam, tarafdorlarimni qirğin qilişadi», degan Lukaşenko.

Belarus yetakçisi Konstitutsiyani isloh qilişga tayyorligini aytib ötgan.

«Biz Konstitutsiya islohotlari ötkazişga tayyormiz, undan keyin muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari ötkazilişi mumkinligini ham istisno etmaymiz.

Mening qurol bilan köriniş berişim faqat bitta narsani anglatadi: men heç qayerga qoçib ketmadim va mamlakatni oxirigaça himoya qilişga tayyorman», degan u.

Lukaşenko avvaldan konstitutsion islohotlari ötkazilişi tarafdori bölib keladi. U bir yil muqaddam bergan intervyusida öz vorisiga hokimiyat tarmoqlari örtasidagi vakolatlar qayta taqsimlangan Konstitutsiya qoldirişni istaşi haqida gapirgandi. 2020 yil iyunida Lukaşenko yangi Konstitutsiya ikki yil içida tayyor bölişi mumkinligini aytdi.

Uning bu taşabbusi Moskvada ham qöllab-quvvatlangan. Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov konstitutsion islohotlarni Belarusdagi vaziyatni barqarorlaştirişning optimal formati deb atagan.