O‘zbekiston | 10:51 / 08.09.2020
12000
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 44 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 132 kishida koronavirus aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 44 ming 107taga yetgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+132)
2020 yil 8 sentabr soat 10.00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 5  hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 132 holat aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 111 holat;
  • Buxoro viloyatida 9 holat;
  • Namangan viloyatida 6 holat;
  • Toshkent viloyatida 5 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 1 holat.

Shu vaqtgacha kasallik qayd etilgan jami 44 ming 107 nafar bemordan 41 ming 594 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

O‘lim holatlari (+2)
So‘nggi 10 soat ichida yana ikki o‘lim holati qayd etilib, O‘zbekistonda rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 356taga yetgan.

  • Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli I.K. (erkak);
  • Angren shahrida yashagan 56 yoshli R.Ye. (ayol) vafot etdi.

 
Hozirda 2157 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid