Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 sentabr kuni Toshkentda 4 ta zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi
Bugun poytaxtimizning Bektemir, Sergeli, Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlarida mukammal ta'mirlangan to‘rtta umumta'lim maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Bektemirdagi 289-ixtisoslashgan maktab 1751, Sergelidagi 266-maktab 1251, Shayxontohurdagi 40-maktab 1026, Uchtepadagi 295-maktab 1206 nafar o‘quvchi sig‘imiga ega.
Maktablarda axborot texnologiyalari va to‘garak xonalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriyalari, o‘g‘il va qiz bolalar uchun texnologiya xonalari, kutubxona bor. Bundan tashqari, bu yerda elektron kutubxona, tibbiyot hamda tish shifokori xonasi, faollar zali, oshxona, sport zallari ham mavjud.
“Zamonaviy maktab” dasturiga asosan bu muassasalar fasad qismidan tortib, ichki, kommunal va issiqlik tizimlarigacha ta'mirlangan. 14 sentyabrdan bu maktablarda o‘quv jarayonlari boshlanadi.



Mavzuga oid
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
13:38 / 21.05.2026
Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
12:48 / 19.05.2026