Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda maktablar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi - hokimlik
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ta'lim o‘quvchilar orasida masofa saqlagan holda olib borilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan.
Bugun, 9 sentyabrdan Toshkentdagi bir necha umumta'lim maktablarida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan sanitariya-gigiyena talablari asosida ta'lim jarayonlari boshlandi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu maktablarning barchasi mukammal ta'mirdan chiqqan bo‘lib, zamonaviy ko‘rinish, sharoit va qulayliklarga ega. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida ta'lim o‘quvchilar orasida masofa saqlagan holda olib borilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan.
Avvalroq, xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktablar ochilishi borasida fikr bildirib, bu bo‘yicha qarorni faqatgina barcha shahar va tumanlarning mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib, qabul qilishini aytib o‘tgan edi.
Toshkent shahar hokimligi ushbu haftada ochilishi rejalashtirilgan umumta'lim maktablari haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi mukammal ta'mirlangan umumta'lim maktablarini tantanali ochish
JADVALI

Xabarda aytilishicha, ushbu mavzudagi qo‘shimcha ma'lumotlar yana taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi bo‘lib o‘tadi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026