Jamiyat | 11:55 / 09.09.2020
8304
2 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida 4 daqiqa ichida o‘g‘rilik sodir etgan ayol sud oldida javob beradi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 19 yanvar kuni soat 12:42dan 12:46gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Toshkent shahar Yunusobod tumani Avaz Otar ko‘chasida joylashgan uylarning biriga kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u 28 yoshli M.D. (ayol)ga tegishli bo‘lgan narxi narxi 33 379 906 so‘m bo‘lgan turli xil ayollar taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b, g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni 37 yoshli X.S. (ayol) sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “shaxsiy kafillik” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid