Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 20 yoshli yigit sodir etgan YTH oqibatida tengdoshi vafot etdi
YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 sentabr kuni soat 03:15larda, Surxondaryo viloyati Denov tumani “Bog‘i-Eram” mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy ichki yo‘lda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan S.B. “Neksiya” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tezlikni me'yoridan oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 20 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan tezlik me'yoriga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026