Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Bahrayn va Isroil diplomatik munosabatlar o‘rnatishini ma'lum qildi
Ta'kidlanishicha, Bahrayn Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Isroil va BAA o‘rtasidagi kelishuv imzolanishi marosimida ishtirok etadi.
Bahrayn va Isroil diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishib oldi, deb ma'lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"Bugun yana bir tarixiy burilish! Bizning ikki katta do‘stimiz Isroil va Bahrayn Qirolligi tinchlik kelishuvi to‘g‘risida kelishib oldi – 30 kun ichida Isroil bilan yarashgan ikkinchi arab davlati!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Yana bir qaydida esa u AQSh, Bahrayn va Isroilning ikki mamlakat "to‘laqonli diplomatik munosabatlar" o‘rnatishga tayyorligi ma'lum qilingan qo‘shma bayonotni joylashtirdi.
Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Bahrayn Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Isroil va BAA o‘rtasidagi kelishuv imzolanishi marosimida ishtirok etadi.
Avgust o‘rtasida Isroil va BAA tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Unga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining butun g‘arbiy sohili ustidan suverenitetini e'lon qilmaydi hamda musulmonlarga Al-Qudsdagi muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026