Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashuvida 6 yoshli qiz vafot etdi
YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 12 sentabr kuni soat 11:30larda, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hududidan o‘tgan 4K 333 “Nishon-Gres” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan O.Q. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan ketayotgan piyodani urib yubormaslik maqsadida qarama-qarshi yo‘lga chiqib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 6 yoshli Sh.U. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 24 yoshli Sh.A. va 69 yoshli A.M. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobil haydovchisi O.Q. bir yil davomida ikki marotaba, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi Sh.T. esa bir marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, piyodalar avtomobil yo‘llarining qatnov qismida harakatlanib, haydovchilarning erkin harakatlanishiga xalaqit bermasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026