Sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 78,5 mingtani tashkil etdi
2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 78,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,7 foizga oshdi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili – (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan), ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida – 15,9 foizga (jami sanoatdagi ulushi 94,7 foiz), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 14,1 foizga (jami sanoatdagi ulushi 3,2 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash – 33,2 foizga (jami sanoatdagi ulushi 0,6 foizga) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishning 5,7 foizga (jami sanoatdagi ulushi 1,5 foiz) o‘sishidir.
2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 39,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga oshdi. Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu – bino va inshootlar qurishda – o‘tgan yilga nisbatan 6,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini qurish – 21,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,5 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 19,4 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,5 foiz) o‘sishidir.
2020 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 121,2 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,1 foizga oshdi. Jami savdo korxona va tashkilotlari soni ko‘payishining asosiy omili – avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 33,9 foizga (jami savdodagi ulushi 63,1 foiz), avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 21,5 foizga (jami savdodagi ulushi 28,7 foiz), avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta'mirlashning o‘tgan yilga nisbatan – 34,5 foizga (jami savdodagi ulushi 8,2 foiz) o‘sishidir.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024