Jamiyat | 18:23 / 14.09.2020
4515
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki «Ipak Yo‘li» bankiga 20 million dollar ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) «Ipak Yo‘li» bankini 20 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishni ma'qulladi, shundan 15 million AQSh dollari kredit liniyasi shaklida va 5 million AQSh dollari savdoni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Kredit liniyasi AQSh dollarida ham, o‘zbek so‘mida ham mablag‘ olish imkoniyatini beradi.

YeTTBning amaldagi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasidagi moliyalashtirishi bankning o‘z faoliyatini kengaytirishga va mahalliy tadbirkorlarga moliyaviy ommaboblikni kengaytirish imkonini beradi. Ajratilgan mablag‘lar bank mijozlarini mikro, kichik va o‘rta biznes sub'yektlarini moliyalashtirishga, kichik korxonalarni moliyaviy rag‘batlantirishga, shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan.

YeTTB bilan hamkorlik 2018 yildan boshlangan bo‘lib, uning doirasida mikro, kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, GEFF (Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi) doirasida «yashil» loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, savdoni moliyalashtirish dasturi uchun kredit liniyalari ajratilgan.

1990 yilda tashkil etilgan «Ipak Yo‘li» AITB, O‘zbekistondagi universal tijorat banki bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda chakana mijozlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi. 2020 yil 1 centyabr holatiga ko‘ra bankning umumiy aktivlari 6,7 trln so‘mni tashkil etmoqda.

«Ipak Yo‘li» AITB Matbuot xizmati

Mavzuga oid