Prezident 13 mart kuni «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunni imzolagandi. Mazkur qonunning 58-moddasiga köra, u rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 6 oy ötgaç kuçga kirişi belgilangan. Qonun qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida 2020 yil 14 mart kuni e'lon qilingan.
Qonunning avvalgi tahriridan jiddiy farq qiluvçi jihatlaridan biri – Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik masalasidir. Unga köra:
– 1992 yil 28 iyul holatiga köra Özbekiston Respublikasida doimiy yaşagan, çet davlat fuqarosi bölmagan va Özbekiston Respublikasining fuqarosi böliş istagini bildirgan şaxs;
– Özbekiston hududida yaşagan va 1992 yil 28 iyulga qadar öqiş uçun Özbekistondan taşqariga çiqib ketgan hamda uzluksiz ravişda ta'lim olgan yoxud harbiy xizmatni ötagan va öqiş yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil içida Özbekistonga qaytib kelgan hamda Özbekiston Respublikasida doimiy propiskadan ötgan şaxs, başarti uning çet davlat fuqaroligi mavjud bölmasa Özbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Şuningdek, qonunda fuqaroligi bölmagan şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olişga doir qoidalar belgilangan.
Jumladan, 6-moddaga köra, 1995 yil 1 yanvarga kadar Özbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan ötgan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda uşbu Qonun kuçga kirguniga kadar fuqaroligi bölmagan şaxsga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi asosida yaşab turgan şaxs istak bildirgan taqdirda, Özbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Bundan taşqari, ota-onasi (yolğiz otasi yoki onasi) Özbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga köra Özbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.
Şuningdek, qonunga yangi vatandoş tuşunçasi kiritilib, unga köra Özbekiston hududida tuğilgan yoki ilgari uning hududida yaşagan, Özbekiston fuqaroligiga ega bölmagan, Özbekiston hududidan taşqarida yaşaydigan şaxs va uning nasl-nasab şajarasi böyiça töğri tutaşgan özidan keyingi qarindoşlari, başarti, agar ularning nasl-nasab şajarasi böyiça töğri tutaşgan özidan oldingi qarindoşlari Özbekiston hududida yaşayotgan bölsa, ular vatandoş deb yuritilişi belgilandi.

















