Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat G‘aniyevning akasi vafot etdi. Uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagani aytilgan
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Avazbek Madaminovich G‘aniyev 15 sentabr kuni 61 yoshida vafot etdi. U so‘nggi hafta davomida shifoxonada davolanishda bo‘lgan.
Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov Facebook’dagi sahifasida Avazbek G‘aniyevning o‘limi haqida xabar bergan va u qon bosimi ko‘tarilishi va miyaga qon quyilishi oqibatida vafot etganini ma'lum qilgan.
U 2013 yildan beri Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasini boshqarib kelayotgan edi. Ilgari u Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman tibbiyot birlashmasi rahbari sifatida ham ishlagan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Avazbek G‘aniyev koronavirusga chalinib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Farg‘ona viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi Avazbek G‘aniyevning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlarni rad etgan, viloyat hokimligi axborot xizmati esa 8 sentabr kuni u pnevmoniya xastaligi va yuqumsiz bo‘lgan boshqa hamroh kasalliklar bilan Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasida davolanayotganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Avazbek G‘aniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning otasi, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning akasi edi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023