Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar avgust oyida o‘rtacha 0,4 foizga oshdi
2019 yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi inflatsiya darajasi pasayish tendensiyasiga ega bo‘lib, yil oxiriga kelib 15,2 foiz darajasida shakllandi. Bunga kommunal xizmatlar, temir yo‘l transporti va aloqa xizmatlari tariflarining nisbatan barqarorlashuvi sabab bo‘ldi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi sharhida aytilishicha, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar avgust oyida o‘rtacha 0,4 foizga oshib, umumiy inflatsiya darajasining 0,09 foiz punktga o‘sishiga olib keldi. 2020 yilning yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasidagi inflatsiya 3,9 foiz darajasida shakllanib, (2019 yilda 11,5 foiz), yillik hisobda 7,3 foizni (2019 yilda 18,6 foiz) tashkil etdi.
Yo‘lovchi tashish transport xizmatlari tariflari 1,3 foizga oshdi (hissasi 0,04 foiz punkt). Ushbu sohada tariflar o‘sishining asosiy omili xalqaro (8,4 foiz) va ichki (4,7 foiz) yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni havo transporti (charter reyslari) orqali tashish tariflarining oshishi bo‘ldi. Aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy xizmatlar o‘rtacha 0,8 foizga qimmatlashdi (hissasi 0,03 foiz punkt).
2020 yil davomida yillik hisobda xizmatlar sohasida narxlar o‘sishining sekinlashuvi kuzatildi va iqtisodiy faollikning sekinlashuvi, aholi daromadlarni pasayishi va tartibga solinadigan narxlar va tariflarning vaqtinchalik ushlab turilishi natijasida barqaror ravishda pasayib bordi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
20:56 / 19.06.2026
Inflatsiya pasayishi sekinlashsa, monetar siyosatni yanada qat’iylashtirishga tayyor turish kerak - XVJ
17:44 / 17.06.2026