«Covid-19 kasalligining yuqori darajasi kuzatilgan mamlakatlarda bolalarda koronavirus infeksiyasidan keyin pediatrik kavasakisimon sindrom şaklidagi yangi kasallik 2020 yil aprel oyidan qayd etila boşlandi.
Covid-19 bölgan bolalar va ösmirlarda vaqtinçalik assotsiyatsiyalangan multtizimli yalliğlaniş sindromi (MVS) — Covid-19 infeksiyasidan söng yalliğlaniş bilan boğliq immunologik hodisa. Uşbu patologiya infeksiyadan söng yuzaga keladi va bolalarda Covid-19’ga çalingandan 3-5 hafta ötib rivojlanadi, qonda antitanaçalar aniqlanişida paydo böladi», dedi Barno Abdusamatova.
Ştab a'zosi multtizimli yalliğlaniş sindromining asosiy klinik alomatlarini sanadi.
- 24 soat davomida tana harorati 38,5 darajadan yuqori bölişi;
- oşqozon-içak trakti buzilişi: qorinda oğriq, qusiş, köngil aynişi, diareya;
- 50 foiz holatlarda nafas tizimi şikastlanişi mumkin, ya'ni yötal, oğir pnevmoniya rivojlanişi tufayli nafas siqilişi.
- kasallik bosqiçlariga köra, tanada doğlar, papulalar, kon'yuktivit, limfotugunlar kattalaşişi, kista va oyoqdagi şişlar paydo bölişi mumkin;
- yurakda oğriqlar şaklida yurak-qon tomir alomatlari ham mavjud;
- şuningdek, til va labda oç qizil rangda qizariş kuzatiladi.
Barno Abdusamatovaning ta'kidlaşiça, Covid-19 bilan boğliq multtizimli yalliğlaniş sindromi (MVS) bolalarda tarqalgan kasallik hisoblanmaydi, biroq ayrim bolalarda koronavirus infeksiyasidan söng Kavasaki kasalligiga öxşaş klinik belgilar paydo bölişi mumkin.
«Kasallik yurak muşaklari yalliğlanişi, yurak tomirlari anevrizmi rivojlanişi va boşqa organ va tizimlar şikastlanişi belgilari bilan oğir keçişi mumkin. San-Antoniodagi Texas universiteti tibbiyot fanlari markazi şifokori Alvaro Moreyroning sözlariga köra, tadqiqot davomida butun dunyoda 1 yanvardan 25 iyulga qadar qayd etilgan 662 nafar multtizimli yalliğlaniş sindromi bölgan bolalar salomatligi örganildi. Ularning aksariyatida yurak şikastlanişi kuzatilgan.
Şuningdek, bolalarda Kavasaki kasalligida kuzatiladigan yurak qon-tomirlar kengayişi ham qayd etilgan. Taxminan 10 foiz bolalarda yurak tomir anevrizmi kuzatilgan. Anevrizm bölgan bolalar salomatligi eng köp xavf ostida. Yana bir xulosa, multtizimli sindrom bölgan bemorlarning deyarli yarmi semizlik va ortiqça vazndan aziyat çekişgan. Şuning uçun ham bolalarda Covid-19’ning oldini oliş çora-tadbirlari avvalgiday dolzarb. Uşbu kasallikni muvaffaqiyatli davolaş uçun erta taşxislaş va öz vaqtida muolaja qiliş muhim hisoblanadi», dedi Abdusamatova.

















