Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda ötkazilgan brifingda rentgen xulosasi Covid-19’ni tasdiqlasa, nega boşqa laborator tahlillardan ötkaziş kerakligi haqidagi savolga javob qaytardi.

«Rentgen va MSKT tekşiruvlari bunday taşxisni qöyiş uçun asosiy tekşiruv usullariga kirmaydi, balki yordamçi qöşimça usullarga kiradi.

Şuningdek, kasallikning turi, ya'ni yengil, örta, örta oğir va oğir keçişini biz rentgen tasvirlariga qarab qöya olmaymiz. Çunki kasallik keçişini biz har bir bemorga individual qaragan holda, unda keçayotgan klinik belgilar, qonning kislorod bilan töyiniş darajasi, maxsus laborator tekşiruvlar natijalariga qarab qöyişimiz mumkin.

Uşbu kasallikda JSST va barça yuqori malakali mutaxassislar fikriga köra, eng işonçli taşxisni tasdiqlovçi usul bu virusning özini aniqlovçi PZR (polimeraza zanjir rekatsiyasi) usulidir.

PZR tahlilda – yuqori nafas yöllari şilliq qavatidan olingan namunada koronavirusning genetik materiali (RNK) bor yoki yöqligi aniqlanadi. Namuna oliş nisbatan tez va oğriqsiz keçadi. Bu analiz kasallikning inkubatsion (yaşirin) davrida ham ijobiy natija oliş va barvaqt taşxis qöyiş imkonini beradi. Virus organizmga kirganiga 5-7 kun bölgandan boşlab musbat natija oliş mumkin», dedi Barno Abdusmatova.