Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuzni ko‘p miqdorda iste'mol qilish insult va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi – shtab a'zosi
Tuzli ozuqalarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish qon tarkibini quyultirish hisobiga arterial qon bosimini, insult va yurak qon-tomir kasalliklarini yuzaga keltirish xavfini oshiradi.
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirus kasalligida sho‘r narsalarni iste'mol qilish man etilishi sabablari haqida gapirdi.
«Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, 62 foiz insultni va 49 foiz yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri – bu ko‘p miqdorda tuz iste'mol qilishdir. Koronavirus kasalligida ham tuzni ko‘p iste'mol qilish qon tarkibi quyulishiga hamda organizmda multitizimli yallig‘lanish, yurak qon-tomir tizimida keskin o‘zgarishlar kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
JSST tavsiyasiga asosan bir kunda tuz iste'mol qilish me'yori 5 gramm qilib belgilangan.
Izlanishlar natijalariga ko‘ra, tuzli ozuqalarni iste'mol qilishni kamaytirish, ya'ni normada qabul qilish, arterial qon bosimi pasayishiga va uning natijasida insultdan 42 foizgacha va yurak kasalliklaridan o‘lim xavfini 40 foizgacha kamaytirishga olib kelgan.
Ko‘pincha bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari oqibatida o‘lim holatlari kuzatiladi. Ya'ni, koronavirus yuqtirib olgan bemorlarda o‘tkir miokard infarkti, bosh miya insulti, yurak yetishmovchiligi holatlari yuzaga kelib, virus infeksiyasining og‘ir kechishiga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagi dalillarga asoslanib, biz sizga har qanday sharoitda sog‘lom turmush tarzini olib borishni, shifokor tavsiyasiga e'tiborli bo‘lishingizni hamda to‘g‘ri ovqatlanishni tavsiya etamiz. Bularning barchasi koronavirus asoratlari oldini olishga qaratilgan tadbirlardir», – dedi Barno Abdusamatova.
Mavzuga oid
13:31 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
15:20 / 01.10.2025
6 tonnadan ziyod sifati talabga javob bermaydigan osh tuzi aniqlandi
12:26 / 15.08.2025
Kuniga me’yoridan 2-3 barobar ortiq tuz yeymiz: uning tanaga qanday ta’sirlari bor?
17:03 / 29.11.2024