Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda ötkazilgan brifingda Özbekistonda karantin qoidalari kuçaytirilişi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Karantin qoidalari yumşatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksinça, sergaklikka çorlaşi kerak. Çunki endi uyda, işda, köçada, bozorda boşqa odamlar bilan köproq yuzma-yuz bölişadi. Koronavirus infeksiyasi esa öta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv.
Dunyo böylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni ortib bormoqda. Dunyo tajribasida körinmoqdaki, har qanday çeklovdan köra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirus tarqalişining oldini olişda samaraliroq bölib qolmoqda. Bundan keyin xar bir inson pandemiya şaroitida yaşaşga, mehnat qilişga örganişi, unga moslaşişi kerak.
Agarda biz barça sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilsak, ya'ni qölni sovun bilan tez-tez yuviş va antiseptik vositalar bilan zararlantirsak, tibbiy niqoblardan töğri foydalansak va ijtimoiy masofani saqlasak karantin qoidalarini kuçaytirişga hojat qolmaydi», dedi ştab a'zosi.
Brifingda koronavirusga test topşiriş majburiy bölgan şaxslar haqida ham ma'lumot berildi.
Bular:
- xorijdan kelgan barça fuqarolar;
- infeksiya yuqtirib olganlar bilan muloqotda bölganlar;
- orttirilgan pnevmoniyali bemorlar;
- respirator kasallik alomatlari bölgan 65 yoşdan katta şaxslar;
- Işxonasida COVID-19 yuqtirib olgani xavfi mavjud bölgan şifokorlar;
- muntazam böliş kerak bölgan muassasalarda (yopiq turdagi maxsus bino, internat uylari va hokazo) respirator kasalliklar alomati bölgan şaxslar.


















