AOKAda ötkazilgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Barno Abdusamatova antitanaçalar testi ijobiy çiqsa, organizm virusdan himoyalangan hisoblanadimi, bu qança davom etadi, deya berilgan savol böyiça ma'lumotlar taqdim etdi.

“Infeksion jarayon natijasida ikki turdagi antitanaça yuzaga keladi: IgM va IgG. Immunoglobulin M organizmda virus mavjudligini körsatib, jarayonning oğir bosqiçi keçayotganini bildiradi. Immunoglobulin G COVID-19'ga qarşi immunitet hosil bölganini körsatadi. Immunoglobulin M (IgM) birinçi bölib şakllanadi va infeksiyaning ilk davrida tez ösadi, oğir davriga kelib eng yuqori darajaga çiqadi. Şundan söng sekin-asta tuşib, inson tuzalgaç töliq yöqoladi.

Immunoglobulin G organizm virus bilan töqnaş kelgaç 21-28 kundan söng işlab çiqarila boşlaydi. Hozirda jahon olimlarining kuzatuvlariga köra, titrlar antitanaçalar kabi kamayişi mumkin. Agar inson koronavirusni yengil tarzda ötkazgan bölsa, antitanaçalar miqdori u qadar köp bölmaydi. Immunitet uç turda böladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va bir umrlik.

Virusga nisbatan aynan qaysi turdagi immunitet şakllanganligini biliş oson emas. Olimlarning fikriça, titrlar kamayib boradi va katta ehtimol bilan bir umrlik immunitet şakllanmaydi. Çunki bu virus mutatsiya imkoniga ega. Lekin şunga qaramay, agar inson kasallikni boşidan keçirgan bölsa, organizmda uşbu virus haqida ma'lumot qoladi. Genetik materialning asosiy tuzilmalari hujayra immuniteti bilan boğliq.

Yoşlar va salomatligi yaxşi bölgan kişilarda antitanaçalar tezroq şakllanadi. Yoşi kattalar va hamroh kasalliklari bölgan insonlarda şakllanişi qiyinroq keçadi. Şu sababdan har qanday oğir kasalliklarda ular boşqa normal salomatlikka ega odamlardan köra köproq aziyat çekişadi”, - dedi savolga javoban Barno Abdusamatova.