O‘zbekiston | 18:10 / 18.09.2020
25035
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 50 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 492ta yangi kasallanish holati aniqlangani va jami holatlar soni 50 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Yangi holatlar (+492)
Kun davomida respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 50 ming 253taga yetgan.

  • Toshkent shahrida 385 holat;
  • Toshkent viloyatida 33 holat;
  • Buxoro viloyatida 21 holat;
  • Samarqand viloyatida 14 holat;
  • Namangan viloyatida 12 holat;
  • Navoiy viloyatida 11 holat;
  • Andijon viloyatida 10 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 6 holat.

Tuzalganlar (+435)
Kun davomida respublikaning 7 hududida 435 bemor kasallikdan tuzaldi va shu vaqtgacha koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 46 ming 527 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 253 nafar;
  • Toshkent viloyatida 84 nafar;
  • Namangan viloyatida 51 nafar;
  • Buxoro viloyatida 23 nafar;
  • Andijon viloyatida 13 nafar;
  • Navoiy viloyatida 7 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

O‘lim holatlari (+4)

Kun davomida Toshkent viloyatida 2, Surxondaryo viloyatida 1, Toshkent shahrida 1 o‘lim holati qayd etildi va shu vaqtgacha vazirlikning rasmiy statistikasida tasdiqlangan o‘lim holatlari soni 419taga yetdi.

  • Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan 78 yoshli O.Sh. (ayol);
  • Termiz shahrida yashagan 36 yoshli S.V. (erkak);
  • Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak);
  • Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. (ayol) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 3 307 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid