Magistratura imtihoniga kirolmaganlarga qo‘shimcha test bo‘ladi
Respublika oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan (ariza bergan) ammo uzrli sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning murojaatlariga asosan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) ular uchun 2020 yil 22 sentabr kuni soat 10:00da onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.
Mazkur onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilgan (ariza bilan murojaat qilgan hamda arizalari asosli deb topilgan) abituriyentlar 2020 yil 21 sentabr kuni soat 10:00dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlaridan login va paroli orqali onlayn test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini olishlari mumkin.
Ushbu toifadagi abituriyentlardan ruxsatnomalarida belgilangan manzillarga (hudud, bino) fuqarolik pasporti hamda testda ishtirok etish ruxsatnomasi bilan 22 sentabr kuni soat 09:30ga qadar yetib kelishlari talab etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati belgilangan muddatdan kech kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmasligi haqida ogohlantirgan.
- Eslatib o‘tamiz, magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari o‘tkazildi. Talabgor imtihondagi natijasini test tugashi bilan bilishi mumkin. Joriy o‘quv yilida ta'limning magistratura bosqichiga respublika bo‘yicha jami 10 425 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
-
Qimmatlashayotgan oltin. Keyingi prognozlar qanday?
Iqtisodiyot | 16:02
-
Islomiy investitsiyalar potensiali – 4 trillion dollar. Unga ochilish uchun esa bizda ekotizim yo‘q - mutaxassislar
Iqtisodiyot | 15:20
Mavzuga oid

20:18 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi

15:02 / 28.01.2025
Akademik halollik, yangi adabiyotlar, oliygohlar transformatsiyasi: milliy ta’limda nimalar o‘zgaryapti?

17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit

14:24 / 06.11.2024