Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Lukashenkoni qachondan boshlab prezident deb hisoblamasligini ma'lum qildi
Yevroparlament deputatlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni 5 noyabrdan boshlab respublika prezidenti deb tan olishmaydigan rezolyutsiyani qabul qilishdi.
“5 noyabrda amaldagi avtoritar yetakchi Aleksandr Lukashenkoning vakolatlari muddati tugagandan keyin parlament uni mamlakat prezidenti deb tan olishdan to‘xtaydi”, deyilgan xabarda.
Ushbu kun Lukashenkoning 5-prezidentlik muddati rasman yakunlanadi. Uning ushbu muddatga inauguratsiyasi 2015 yil 5 noyabrda bo‘lib o‘tgan.
Yevroparlament o‘z rezolyutsiyasida Belarus muxolifatining mufoviqlashtiruvchi kengashini “xalqning vaqtinchalik vakili” deb tan olgan va yangi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Avvalroq Yevroparlament Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmagan va unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini qo‘llab-quvvatlagan. “Yevropa ittifoqining Belarusdagi saylovlar natijalarining soxtalashtirilishi va jazolashlarga javobgar shaxslar, shu jumladan, Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, deyilgan Yevroparlament bayonotida.
Lukashenkoning o‘zi bunga izoh berib, Belarus boshqa davlatlar tomonidan saylovlarning tan olinishiga muhtoj emasligini aytgan. Uning aytishicha, saylovlar o‘tgan va ular qonuniy hisoblanadi.
Belarus tashqi ishlar vazirligida ham Yevroparlamentning ushbu xatti-harakatlaridan ko‘ngillari qolgani aytilgan. Vazirlikda ta'kidlanishicha, o‘zini xolis va demokratik tashkilot deb ta'riflaydigan Yevroparlament o‘zida “burni uchidan uzoqroqqa boqa olishga” siyosiy iroda topa olmagan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026