O‘zbekiston | 17:23 / 21.09.2020
8345
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 48 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusga chalinish holatlari soni 52 mingdan, kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 48 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 8 hududida 437 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 48 ming 369 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+437)

  • Toshkent shahrida 159 nafar;
  • Toshkent viloyatida 130 nafar;
  • Namangan viloyatida 85 nafar;
  • Jizzax viloyatida 30 nafar;
  • Andijon viloyatida 18 nafar;
  • Buxoro viloyatida 7 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Yangi holatlar (+430)
Bugun shuningdek 9 hududda tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 430 holat aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 52 ming 70tani tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 235 holat;
  • Namangan viloyatida 115 holat;
  • Toshkent viloyatida 21 holat
  • Andijon viloyatida 20 holat;
  • Jizzax viloyatida 12 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 8 holat;
  • Buxoro viloyatida 8 holat;
  • Navoiy viloyatida 7 holat
  • Farg‘ona viloyatida 4 holat.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 4 o‘lim holati qayd etildi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 437 nafarga yetdi.

  • Yunusobod tumanida yashagan 65 yoshli Z.Ch. (ayol);
  • Shayxontohur  tumanida yashagan 46 yoshli H.I. (erkak);
  • Toshkentda yashagan 62 yoshli X.Sh. (erkak);
  • Toshkentda yashagan 31 yoshli S.B. (erkak) vafot etdi.

Hozirda 3 264 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid