Fan-texnika | 17:33 / 22.09.2020
5558
3 daqiqa o‘qiladi

Huawei Uzbekistan: Toshkent shahar hokimligi Huawei yechimlari asosida “Raqamli Toshkent”ni yaratish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sardor Abdullayev boshchiligidagi poytaxt hokimligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi innovatsion va integratsion yechimlari markaziga tashrif buyurdi.

“Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yilida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, aholi turmushining sifatini barqaror tarzda oshirish, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar yaratish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan “Raqamli Toshkent” majmuaviy dasturi tasdiqlangan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi qoshida raqamli rivojlanish Departamenti tashkil qilingan.

Poytaxtni raqamlashtirishga oid majmuaviy dastur ijrosida davlat organlari va aholi orasidagi muloqotni tezlashtirish va yengillashtirishga qodir bo‘lgan raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarning qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Poytaxtning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha eng zamonaviy va samarali yechimlar bilan tanishish maqsadida, Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Abdullayev boshchiligidagi poytaxt hokimligi delegatsiyasi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi innovatsion va integratsion yechimlari markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar yo‘l harakatini huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan boshqarilishiga oid muammolarni bartaraf etish, harakat nazorati va boshqaruvini ta'minlash, shuningdek, tig‘iz paytda yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirishga qodir shahardagi xavfsiz va intellektual harakat uchun mo‘ljallangan yechimlar bilan tanishishdi. Yechimning demo-versiyasi misolida ko‘plab algoritmlarga ega bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalariga rioya yetilishini ta'minlash uchun bir qator qoidabuzarliklarni qayd qila oladigan bulutli qurilmalarni qo‘llash hisobiga shahar yo‘llarida qoidabuzarliklar sodir etilishini qisqartirish imkoniyati o‘rganib chiqildi.

Shu bilan birga, tashrif davomida Shenchjyen shahrining bitta tumanidagi intellektual boshqaruv misolida shahar boshqarmasiga har xil idora va davlat tashkilotlaridan uzatiladigan katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilishga oid imkoniyatlar namoyish qilindi.

Ko‘rgazma majmuasiga tashrif yakunlangach, hokimlik vakillari Huawei Uzbekistan rahbariyati bilan muzokara o‘tkazib, avval joriy etilgan tizimlarni inobatga olgan holda, shahar boshqaruviga doir intellektual tizimlarni istiqbolda tatbiq etishning eng maqbul variantlarini muhokama qildilar.

Huawei Uzbekistan kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid