Ayni paytda tibbiyot va jamiyat yana bir jiddiy muammo, töğriroği muammolar şodasiga duç keldi – mavsumiy gripp hamda boşqa kasalliklarni va koronavirusni ajratib oliş, bir neça kasallik qöşilib kelganda munosib darajada qarşi kuraşiş zarurati tuğilmoqda.

Eng jiddiy masala – gripp va COVID-19 ayniqsa dastlabki bosqiçlarida juda öxşaş keçadi. Harorat kötarilişi, boş aylanişi, yötal kabi umumiy belgilar har ikki kasallikning asosiy simptomlari hisoblanadi. Ammo ötgan qisqa muddat tajribasi şuni körsatdiki, aksariyat hollarda yengil ötadigan COVID-19 kasalligi asoratlarga sabab bölganida nihoyatda oğir keçadi va ölimga ham sabab böladi.

Grippning belgilarini deyarli hamma biladi; sababi – bu kasallikka çalinmagan odamning özi yöq. Koronavirus yuqqanda grippga öxşaş belgilardan taşqari yana qator simptomlar borki, bular kasalliklarni test topşirmasdan ham ajratib olişda qöl keladi:

1. COVID-19 kasalligiga çalinişning öziga xos xususiyati – insonning surunkali kasalliklarini qözğatişidir. Agar sizni şu paytga qadar boş oğriği bezovta qilgan bölsa, kasallik şu belgi bilan keçadi. Kişida surunkali jigar kasalliklari mavjud bölsa, asoratlar köp hollarda şu a'zoda kuzatiladi.

2. Koronavirus infeksiyasi keltirib çiqargan öziga xos belgilar orasida hid va ta'm biliş xususiyatlarining yöqolişi köp uçraydi. Ba'zan kasallik keçganda bu belgilarning özigina kuzatilib, faqat şu simptomlar COVID-19'dan dalolat beradi.

3. Aynan COVID-19'ga xos belgilardan yana biri, erta yuzaga çiqadigani – oğiz böşliğida paydo böladigan toşmalardir. Garçi yaqqol va doimiy simptom bölmasa-da, bu belgi ham grippdan farqlaşda qöl keladi.

4. Eng jiddiysi – COVID-19'ning asoratlari grippga nisbatan ança jiddiy keçadi. Agar organizmda surunkali kasalliklar bölsa, vaziyat keskinlaşadi. Sönggi davr statistikasi koronavirusga çalinganlar orasida surunkali kasalliklar bölmasa ham ölim holati ançagina kuzatilayotganini körsatyapti va bu COVID-19 kasalligi muammosi yanada jiddiylaşayotganini bildiradi.

5. Har ikki kasallikni uzil-kesil ajratib oliş test topşiriş orqali amalga oşiriladi.

Aynan mana şu muammo – ya'ni pandemiya davrida mavsumiy kasalliklar, xususan bronxitning keçiş xususiyati, uni COVID-19'dan qanday farqlaş böyiça Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayevaga ham savol berilgan.