Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida bolalar orasida yangi virus tarqalayotgani haqida ma’lumotlar çiqqaç, holatga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutaxassislari izoh berdi.
Sanepidqömita Toşkent şahar boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Dilfuza Rasulova Toşkent şahrida yangi virus tarqalayotgani haqidagi xabarlar asossizligini ma’lum qildi. U qömita tomonidan kunlik va haftalik respirator infeksiyalar, gripp A kasalligining kundalik tahlillari olib borilişini aytib, oxirgi haftalarda gripp A köpayganini qöşimça qilgan.
“Hozirgi kundagi böğimlarda oğriq, tana haroratining oşişi, yötal, burun oqişi va köz oğrişi bilan namoyon bölişi aynan grippning A turi klinik belgilariga töğri keladi va Toşkentdagi holat ham şu A turi bilan boğliq. Barça bemorlarda uşbu kasallikning keskin boşlanişi va tana haroratining yuqori darajada kötarilişi kuzatilyapti”, – degan u.
Şuningdek, mutaxassis bu virus Toşkent şahri aholisida sönggi haftalarda birmunça yuqori körsatkiçlarda röyxatga olinayotgani sabab barça davolaş profilaktika muassasalarida qöşimça bemor örinlari taşkil etilganini ham ta’kidlagan.
Bundan taşqari, holat böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov ham qöşimça ma’lumot bergan. U respublikaga yangi virus kirib kelmagani, Özbekiston hududida qaysi viruslar aylanib yurganini kuzatib boruvçi monitoring tizimi yölga qöyilgani, tegişli laboratoriyalarda bemorlardan olingan virus namunalari doimiy ravişda tekşirilib, tahlil qilib borilişini bildirgan.
Otabekov havo-tomçi yöli orqali yuqadigan respirator kasalliklar mavsumiy xarakterga egaligi, kuz-qiş davrida ularning kötarilişi kuzatilişi va bundan xavotirga tuşmaslik kerakligini tavsiya qilgan. “Masalan, bir neça hafta oldin yurtimizda havo harorati keskin pasayişi qayd etildi. Bunday şaroitda köpçilik xonalardagi issiqlikni mö’tadil saqlab turiş uçun eşik-derazalar, tirqişlarni ziçlab yopgani tabiiy hol. Oqibatda xonadonlar va yopiq bino-inşootlarda havo almaşinuvi kamayişi hisobiga atmosferada viruslar konsentratsiyasi oşişi kuzatildi”, – degan u.
Şuningdek, mutaxassis ötkir respirator kasalliklar bir neça klinik belgilarini sanagan. Bular:

















