Olimlarning sönggi tadqiqotlaridan ma’lum bölişiça, gripp kabi keng tarqalgan infeksiyalar va keksalik davrida demensiya (aqli zaiflik) rivojlanişi xavfi örtasida potensial uzoq muddatli boğliqlik mavjud.
Nature Aging jurnalida natijalari çop etilgan tadqiqot davomida olimlar turli infeksiyalar, jumladan, gripp, respirator va teri infeksiyalarini örganib, bunday kasalliklar önlab yillar ötgaç, aqli zaiflik xavfini oşirişi mumkinligini aniqladi. Mualliflar buni infeksiyalar ötkir yalliğlaniş reaksiyalarini keltirib çiqarişi yoki organizmning immunitet tizimini özgartirişi bilan izohladi. Bularning barçasi vaqt ötişi bilan miya va asab tizimiga ta’sir körsatişi mumkin.
Tadqiqotda 15 xil turdagi infeksiya örganildi va şundan oltitasi miya hajmining kiçrayişi bilan boğliqligi aniqlandi. Bu esa kognitiv buzilişlar hamda demensiya rivojlanişining muhim körsatkiçi hisoblanadi. Infeksiyalar va miya salomatligi örtasida bunday aloqa gripp kabi kasalliklar soğaygandan köp yillar ötsa ham nevrologik funksiyalarga uzoq muddatli ta’sir körsatişi mumkinligini anglatadi.
Milliy keksayiş instituti tadqiqotçisi Kinan Uoker infeksiyalar va demensiya xavfi örtasidagi aloqa birorta muayyan infeksiya turiga boğliq emasligini aytdi. U infeksiyadan keyin tezkor parvarişlaş hamda emlaş kabi profilaktika çoralarining ahamiyatini ta’kidladi, çunki bular uzoq muddatli oqibatlarni yumşatişga yordam berişi mumkin.
Ilmiy tadqiqotlarning qöşimça natijalari demensiya xavfiga faqat infeksiyalar emas, balki keng kölamli omillar ta’sir körsatişi haqidagi ğoyani tasdiqlaydi. The Lancet jurnalida e’lon qilingan hisobotda butun dunyo böylab demensiya holatlarining 45 foiziga hissa qöşadigan 14 ta omil körsatilgan. Bu omillar orasida ta’lim darajasi, eşitiş va köriş qobiliyatining pasayişi, jismoniy faollikning yetişmasligi, şuningdek, çekiş va spirtli içimliklarni haddan taşqari iste’mol qiliş kabi turmuş tarzi omillari mavjud. Uşbu hisobot demensiyaning oldini oliş uçun turmuş tarzini özgartiriş va tibbiy aralaşuvlarni öz içiga olgan yaxlit yondaşuv zarurligini ta’kidlaydi.
Infeksiyalar va kognitiv qobiliyatlarning pasayişi örtasidagi boğliqlikni körsatadigan tadqiqotlar soni ortib borayotgani demensiyaning oldini oliş qançalik murakkabligini körsatmoqda. Gripp kabi infeksiyalar uzoq muddatli xavf tuğdirsa-da, hayot tarzi va soğliqqa oid kengroq omillar umumiy xavfni belgilaşda muhim rol öynaydi. Bu esa kasallikning oldini oliş uçun butun umr davomida soğliqni faol nazorat qiliş zarurligini tasdiqlaydi.
















