Buyuk Britaniyada har kuni 50 ga yaqin odam tibbiyot muassasalarida navbat kutib, vafot etmoqda, deb xabar berdi The Times gazetasi şifokorlar tomonidan ötkazilgan tahlilga asoslanib.

Grippga çalingan bemorlar oqimi tufayli şifoxonalarga katta yuklama tuşgan, bu esa bemorlarga yordam körsatişni keçiktirmoqda. Naşrning yozişiça, şu sababli tibbiyot muassasalarida bemorlar uçun “xavfli” va “ayançli” şaroitlar yuzaga kelmoqda.

Britaniyada gripp bilan kasallaniş holatlari soni kuniga 5 minggaça kötarildi, deb ma’lum qilgan Milliy soğliqni saqlaş xizmati rahbarlari.

Sakkizta yirik şifoxonada favqulodda vaziyat e’lon qilindi, ularning birida tibbiy yordam kutiş muddati 50 soatgaça çözilişi mumkin. Naşr statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berişiça, hozirda kasallaniş holatlari soni 2024 yilning şu davriga nisbatan qariyb 3,5 barobar yuqori.

Eslatib ötamiz, Xitoyning köplab hududlarida odam metapnevmovirusi bilan kasallaniş holatlari aniqlanayotgani xabar berilgandi.

Ayni vaqtda Özbekistonda ham ötkir respirator infeksiyalarga çaliniş holatlarining mavsumiy kötarilişi kuzatilmoqda.

Uşbu respirator infeksiyalarning sönggi laboratoriya tahlillari natijasiga köra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sinsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boşqa viruslar aniqlangan.