Sanepidqömita taşkilotlar va ta’lim muassasalarida gripp va ÖRVIdan himoyalaniş uçun qanday çoralar köriş kerakligini eslatdi: 

– grippga qarşi emlaniş;

– mavsumga xos kiyiniş;

– öz vaqtida ovqatlaniş;

– xonalarni vaqti-vaqti bilan şamollatib turiş va kunda namli tozalov işlarini ötkaziş;

– işlab çiqariş korxonalari, davolaş profilaktika va öquv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, taşkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qiliş, barça xonalarning issiqlik harorati 22 gradus darajadan past bölmasligi;

– gripp va ötkir respirator kasalliklariga xos bölgan simptomlar aniqlangan şaxslar bilan masofa saqlaş;

– maktabgaça tarbiya muassasalarida har kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza havoga sayrga çiqariş;

– uyuşgan jamoalarda konsert zallari, kinoteatr, öquv va iş joylarida kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba şamollatib turiş.

Ma’lumot uçun, gripp – yuqumli respirator kasallik, qözğatuvçisi – gripp virusi. Qişda va erta bahorda köp kuzatiladi. Unda bir neça kun davom etuvçi yuqori isitma, tananing qaqşab oğrişi, yaqqol namoyon böluvçi holsizlik kuzatiladi.

ÖRVI esa ötkir respirator virusli infeksiyalar guruhi. Bu guruhga respirator-sinsitial infeksiya, rinovirus, adenovirus va yuqori nafas yöllarining boşqa infeksiyalari kiradi. Burun bitişi, tomoqdagi oğriq va yötal, aksiriş ÖRVI belgilari hisoblanadi. Har 2 kasallik ham havo-tomçi yöli orqali va bemor bilan kontaktga kirişganda yuqadi. Ikkovining belgilari juda öxşaş, ammo gripp xavfliroq.