O‘zbekiston | 21:08 / 23.09.2020
4103
3 daqiqa o‘qiladi

Kambag‘allikni bartaraf qilish O‘zbekiston prezidenti siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi – Polsha Seymi deputati

Foto: Facebook/bejdapawel

Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.

O‘zbekiston prezidentining mazkur chiqishi xalqaro hamjamiyat e'tirofiga sazovor bo‘ldi. jumladan, Polsha Seymi (Parlament quyi palatasi) deputati Pavel Beyda Shavkat Mirziyoyevning nutqi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Kambag‘allikni bartaraf qilish O‘zbekiston prezidenti siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi, deb ta'kidladi Pavel Beyda.

«Buni Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida kambag‘allikka qarshi kurashish va kambag‘allikni yo‘q qilish masalasini ko‘tarib chiqishi va ushbu mavzuga bag‘ishlangan global sammitni o‘tkazish bo‘yicha tashabbusi tasdiqlab turibdi.

Bugun, pandemiya davrida kambag‘allik va qashshoqlik masalasi yanada keskinlashdi. O‘ylaymanki,  prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur tashabbusni ilgari surib, dunyo yetakchilarini yangi chaqiriqlar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda BMT va a'zo davlatlarning ushbu sohadagi ustuvor vazifalari va maqsadlarini qayta ko‘rib chiqishga va to‘ldirishga undamoqda.

Bilamizki, Shavkat Mirziyoyev prezidentligining birinchi kunlaridanoq aholi farovonligini oshirishni o‘z siyosatining eng avvaliga qo‘ygan. O‘zbekiston rahbari inson hayotining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarini sinxron rivojlantirishsiz qashshoqlikni yengish imkonsizligini yaxshi biladi. Bugungi kunda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonlari ushbu sohalarning barchasini qamrab olganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

So‘nggi vaqtda qashshoqlikka qarshi kurash davlat iqtisodiy siyosatida samarali amalga oshirilmoqda va O‘zbekistonning strategik dasturlari va rivojlanish rejalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda hisobga olinadigan umummilliy maqsadga aylanmoqda.

O‘zbekiston rahbari, shuningdek, kambag‘allikni yo‘q qilish uchun uning ko‘lamini aniqlash zarurligini, buning uchun birinchi navbatda kambag‘allik darajasi to‘g‘risida mutlaqo yangi ma'lumotlar, kambag‘allikka qarshi kurashning maqsadli statistikasi zarurligini yaxshi tushunadi. Shuningdek, bu yo‘nalishda ham qadamlar qo‘yilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Kambag‘allikka qarshi kurashish uchun mas'ul bo‘lgan maxsus vazirlik tuzildi”, dedi Polsha Seymi deputati.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid