Özbekiston rahbari ilk marta BMTda özbek tilida nutq sözladi.

Boşqa siyosatçilar kabi Özbekiston prezidenti ham öz nutqini koronavirus pandemiyasi mavzusidan boşladi.

«Bunday global falokat sayyoramizda sönggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol körsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barça davlatlar va xalqlar özaro boğliq ekanini, örtamizda muntazam muloqot, işonç va yaqin hamkorlik öta muhimligini isbotladi.

Şu yölda barçamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining özaro sa'y-harakatlarini birlaştiriş, umumiy mas'uliyat tamoyillarini mustahkamlaş, xalqaro şeriklikni muvofiq holda  rivojlantiriş, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maqomi va salohiyatini oşiriş, vakolatlarini kengaytiriş lozimligini çuqur angladik.

Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini ta'minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratişdir.

Bu borada biz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi xalqaro kodeksni işlab çiqişni taklif etamiz. Uşbu hujjatda har bir davlatning öz fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etişi lozim», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekistonda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardan boşlab barça sa'y-harakat va resurslar bu xavfli kasallikni jilovlaş va eng asosiysi – odamlar hayotini saqlab qolişga qaratilgani ta'kidlangan. Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumşatiş uçun ijtimoiy himoya va soğliqni saqlaş tizimlari keskin kuçaytirilayotgani, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli kömak körsatilayotgani, şu maqsadda maxsus jamğarmalar tuzilgani qayd etib ötilgan.

Prezident fursatdan foydalanib, sinovli damlarda  beğaraz yordam körsatgan barça döst va hamkorlarga çuqur minnatdorlik izhor etgan.

«Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarşi samarali kuraşiş böyiça barça harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar işlab çiqiş va ulardan keng foydalanişga qaratilgan taşabbuslarini qöllab-quvvatlaymiz.

Şuningdek, Boş kotib Antoniu Guterriş janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşning dolzarb muammolariga bağişlangan sammitni ötkaziş böyiça taklifini ma'qullaymiz», degan davlat rahbari.