O‘zbekiston | 10:23 / 23.09.2020
4435
2 daqiqa o‘qiladi

MDH davlatlari rahbarlari 16 oktabr kuni sammit o‘tkazadi

Minskda MDH Ijroiya qo‘mitasida Hamdo‘stlikka a'zo davlatlarning doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Hamdo‘stlik mamlakatlarining doimiy vakillari Tashqi ishlar vazirlari kengashi va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi, 15 va 16 oktabr kunlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishlariga tayyorgarlikni muhokama qildilar.

Doimiy vakolatli vakillar MDH doirasida tashkil etilgan bazaviy tashkilotlarning, shuningdek ular huzurida tuzilgan kengashlarning Hamdo‘stlikdagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan amaliy hissasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tingladilar va muhokama qildilar.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2011 yil 18 oktyabrdagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim qoidalarining bajarilishi muhokama qilindi. Kelishuv ishtirokchilari o‘rtasida savdo to‘siqlarini yo‘q qilish bo‘yicha keyingi ishlarning zarurligi qayd etildi, bu iqtisodiy o‘sish va o‘zaro savdo rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bo‘lishi kerak. O‘zaro savdo shartlarini yanada erkinlashtirish maqsadida bitim qoidalari bajarilishini nazorat qilishni davom ettirish va xizmatlarning erkin savdosi to‘g‘risidagi bitim loyihasini tayyorlash ustida ishlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid