Norin daryosidan toshning bebiliska qazib olinishi ekologiyaga ta'sir qilmaydimi?
Norin daryosidan tosh qazib olinishi ekologiyaga qanchalik salbiy ta'sir ko‘rsatadi? Lavha boshida bu savol bejizga berilayotgani yo‘q. Vodiy viloyatlariga safarimiz chog‘ida Andijon viloyati Baliqchi tumanidan tushgan murojaatni ham o‘rganishga qaror qildik.
Murojaatchi o‘z shikoyatida Baliqchi tumanini Namangan viloyatining Uychi tumani bilan bog‘lovchi ko‘prik qurilishi bir necha yildirki yakuniga yetkazilmayotganini ta'kidlagan edi. Bundan tashqari, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun daryo toshlarini haddan ortiq ko‘p olib chiqilishi oqibatida daryo o‘zani chuqurlashib ketayotgani aytilgan edi.
Biz ushbu ko‘prik qurilishi qanday kechayotganiga qiziqdik.
Baliqchi tumanidagi ushbu yo‘ldan yurib ko‘rganlar yaxshi bilishadi, Oltinko‘l tumani tomondan kelgan haydovchi aylanma harakatli chorrahadan o‘ngga yursa, so‘z borayotgan ko‘prikka chiqiladi. Biroq, bizning e'tiborimizni tortgan jihati garchi bu ko‘prikdan Namanganga borish imkoni bo‘lmasa-da, bu chorrahaga kelguncha birorta ogohlantirish belgisi o‘rnatilmagan.
Namanganga boruvchi haydovchilar Ulug‘nor tumani orqali borishlari haqida birorta axborotga ko‘zimiz tushmadi. Ko‘prikka borguncha ham bunday yozuv mavjud emas.
Biz Norin daryosi bo‘yiga borganimizda ko‘prik qurilishi jadal sur'atlarda ketayotganiga shohid bo‘ldik. Yil oxirigacha, sovuq mavsum boshlanguncha, ko‘prik foydalanishga topshirilishi nazarda tutilgan.
Ikki viloyatning chegaradosh tumanlari fuqarolari yaqinginada turgan manziliga bir necha kilomet masofa yurib, ham vaqtini va pulini sarflamaslik uchun muvaqqat ko‘prik ham barpo qilingan. Aholi undan o‘tib, ikki tomonda turgan haydovchilar orqali manzillariga yetib olmoqda.
Shu bilan birga, Norin daryosida ekologlar tomonidan e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bor. Ya'ni daryo o‘zani tobora chuqurlashib ketmoqda. Undagi tosh “bebiliska” qazib olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentyabrda Kun.uz saytida «Daryodan tosh-shag‘al olish ishlari tabiatga ziyon yetkazyapti» sarlavhali tahliliy-tanqidiy maqola e'lon qilingan, unda tosh-shag‘al kavlab oluvchi, toshni qayta ishlovchi tadbirkorlar faoliyati O‘zbekiston daryo o‘zanlari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalariga jiddiy zarar yetkazayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024