Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda giyohvand modda topib berishini talab qilgan shaxslar uy egasini kaltakladi
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Jizzax shahri Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.U. va Madaniyat mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan T.S. Navro‘z mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan X.V.ning uyiga borib, undan giyohvand modda topib berishini talab qilishgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, X.V.ning giyohvand moddalar yo‘qligi, bunday vositalar savdosi bilan shug‘ullanmasligini ta'kidlashlari naf bermagan.
Bu shaxslar xonadon egasi va uning kelishmovchiligiga aralashgan, 1994 yilda tug‘ilgan o‘g‘li S.B.ni tosh bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazishgan.
Oqibatda, X.V. chap tomon ko‘krak qafasi, orqa tomon yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. Uning o‘g‘li S.B. esa pastki jag‘ suyagining sinishi tashxisi bilan tibbiy yordam olgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
08:56 / 04.06.2026