O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarni ochish va aviaqatnovni tiklash masalasini muhokama qilishga kirishdi
Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror ertaga, O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlarining muzokaralaridan so‘ng qabul qilinadi.
O‘zbekistonning deyarli barcha vazirlik va idoralari rahbarlarini o‘z ichiga olgan hukumat delegatsiyasi bugun ertalab Dushanbega yetib keldi, deya xabar berdi «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda.
Hukumat delegatsiyasiga ertaga o‘zbek-tojik biznes forumida ishtirok etadigan o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning katta guruhi hamrohlik qilmoqda.
Bugun Tojikistonning tegishli vazirlik va idoralari O‘zbekiston hukumati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi, ular uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida chegaralarni ochish hamda 16 mart kuni koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan Toshkent va Dushanbe o‘rtasida parvozlarni tiklash masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar bugun ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiyot, moliya, energetika, madaniyat, ta'lim, transport, savdo, sayyohlik, sanoat, fan sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish va takomillashtirish masalalarini ham muhokama qiladi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning o‘zi ertaga Dushanbega keladi va koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan keyin Tojikistonga tashrif buyurgan xorijiy davlat hukumatining birinchi rahbari bo‘ladi.
Aripov hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etishdan tashqari, o‘zbek-tojik biznes forumiga tashrif buyuradi, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va respublika bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekiston chegaralarni - barcha mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar uchun havo, temir yo‘l va avtomobil nazorat punktlarini ochadi.
«Yashil hudud»dagi davlatlar fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish cheklovlarsiz yo‘l qo‘yiladi. Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlyandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya «yashil hudud»da. Ushbu mamlakatlar fuqarolari va so‘nggi ikki hafta davomida ushbu davlatlar hududida bo‘lganlar O‘zbekistonga hech qanday cheklovlarsiz kirishi mumkin.
Boshqa mamlakatlar fuqarolari oxirgi 72 soat ichida o‘tkazilgan PZR testi natijasini taqdim etishi va ikki hafta uyda yoki mehmonxonada karantinda bo‘lishi kerak. Yo‘lovchi musbat PZR testi natijasisiz samolyotga chiqarilmaydi.
Mavzuga oid
20:30 / 28.09.2024
«Azimut» aviakompaniyasi Rossiyadan O‘zbekistonga reys ochishni rejalashtirmoqda
21:12 / 24.08.2024
Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot nosozlik tufayli aeroportga qaytdi
13:32 / 04.07.2024
Tojikistondagi YTHda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
10:41 / 29.06.2024