«Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir» – Saida Mirziyoyeva
Bugun, 28 sentabr kuni Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni munosabati bilan xalqaro onlayn-konferensiya o‘tkazilmoqda.

Unda chiqish qilgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva pandemiya davrida axborot olish va uni tarqatishda turli mamlakatlar tajribasidan foydalanish muhim ekanini aytib o‘tdi.
«Koronavirus pandemiyasi davrida butun dunyo aholisi axborot olish va uni tarqatish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Shuning uchun eng yaxshi tajribani tanlash va uni ko‘paytirish uchun turli mamlakatlar mazkur vaziyatdan qanday chiqayotgani, qanday yechimlar taklif etilayotganini bilish muhim. Men o‘zaro yaqin hamkorlik asosida birgalikda ushbu global pandemiyani yenga olishimizga ishonaman», dedi Saida Mirziyoyeva.
U axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutishini ta'kidlab o‘tdi.
«Axborotdan foydalanish imkoniyati undan teng foydalanishni ham nazarda tutadi. U jinsiy kamsitishga qarshi kurashish imkoniyatini oshiradi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ta'kidlaganidek, gender siyosati mamlakat uchun ustuvor masalaga aylandi.
Gender tengligi komissiyasining a'zosi sifatida shuni ta'kidlashni istardimki, ushbu mavzuni to‘g‘ri yoritish zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni himoya qilishga yordam beradi. Ayollar o‘z huquqlarining himoya qilinishi, kamsitilishga qarshi kurash usullari to‘g‘risida ma'lumot olishlari mumkin. Barcha uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risida jamoatchilik fikrini shakllantirishga aynan OAV javobgardir», dedi Mirziyoyeva.
U OAV mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar davom etishini ta'kidlab, boshlangan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasligini ma'lum qilgan.
«Biz rasmiylarga savol va tavsiyalar tayyorlagan bloger va ko‘ngilli jurnalistlarning onlayn guruhini tuzdik. Covid-19 infeksiyasi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida samimiy ishtirok etgani uchun barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan minnatdormiz. Ular mazkur jarayonning ajralmas qismiga, fuqarolik nazoratining flagmaniga aylandi. Biz boshlagan ochiqlik yo‘li ortga qaytmasdir», dedi u.
U o‘z nutqi davomida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida ham gapirdi.
Ma'lum qilinishicha, hozirda «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun, shu jumladan, qonunni OAVda gender tengligi to‘g‘risidagi modda bilan to‘ldirish bo‘yicha o‘zgartirishlar ishlab chiqilmoqda.
Quyidagi me'yorlarni kiritish taklif etilmoqda:
- gender masalalarini yoritishda davlat organlarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqasi;
- ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash muhimligi to‘g‘risida odamlarning xabardorligini oshirish;
- OAVda ishlash uchun jalb etilgan ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlash;
- OAV orqali jinsiy kamsitilishga oid ma'lumotlarni tarqatishni taqiqlash.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

19:53 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi

18:39 / 27.06.2025
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat

18:10 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

09:51 / 26.06.2025