Keyingi yillarda mamlakatda söz erkinligi muhiti yaratilgani, xalq manfaatlari va siyosiy irodasi erkin bildirilişi uçun huquqiy asoslar mustahkamlangani, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi rolini yanada kuçaytirişga qaratilgan keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani ta’kidlandi.
Uşbu qonun söz erkinligini ta’minlaş, siyosiy partiyalarning jamiyatdagi örnini yanada mustahkamlaş maqsadida işlab çiqilgan bölib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda siyosiy partiyalar faoliyatiga oid 5 ta qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Unga köra, özini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqilguniga qadar ham öşa masalaga doir qonun loyihasining yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritiş kabi qöşimça huquq berilmoqda.
Şuningdek, uşbu fraksiyaning vakillari Oliy Majlis Qonunçilik palatasining bir nafar qömita raisi va ikki nafar qömita raisi örinbosari lavozimlarini kafolatli egallaşi, har çorakda «hukumat soati» va parlament sörovi doirasida masala kiritişi ham nazarda tutilmoqda.
Senatorlar uşbu qonunning hayotga tatbiq etilişi qonun ijodkorligi va parlament nazorati samaradorligini oşirişga hamda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlarini kengaytirişga xizmat qilişini ta’kidladi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.












