Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

27 iyun – Özbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nişonlanadi.

«Özbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir. Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va öquvçilaringiz-obunaçilaringiz oldidagi mas’uliyatingiz uçun har biringizga minnatdorlik bildirmoqçiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilişga doimo tayyorligingiz e’tirofga loyiq. Özbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bölgan barça jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi köpgina ijobiy özgarişlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oşmoqda. Rahmat! Bayramingiz muborak bölsin!», deyiladi tabrik sözida.