Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashington Xitoyga qarshi global koalitsiya tuzilganligini e'lon qildi
Mayk Pompeoning ta'kidlashicha, AQSh "keyingi asr Xitoy yuz yilligi bo‘lmasligi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish vazifasiga" duch kelgan.
XXR istiqbolda AQShga ulkan tahdid solishi mumkin va Amerika ma'muriyati Pekinga qarshi xalqaro alyans tuzmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
"O‘rta va uzoq istiqbolda AQSh uchun eng katta tashqi tahdid – bu bosh kotib Si Tszinpin boshchiligidagi Xitoydagi rejim - Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan bo‘ladigan tahdid", - dedi u Life, Liberty & Levin tok-shousida bergan intervyusida.
"Biz hozirda Xitoyni surib chiqarish uchun global koalitsiya tuzishni boshladik. Bunga yillar ketadi", - dedi Pompeo.
Uning ta'kidlashicha, AQSh "keyingi asr Xitoy yuz yilligi bo‘lmasligi uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish vazifasiga" duch kelgan.
Pompeo shuningdek, Xitoyning Yaqin sharqdagi energetika resurslariga qaram ekanligini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, shu sababli Pekin Hind okeanidagi ta'sirini kengaytirmoqda, bu esa Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari uchun "haqiqiy xatar" soladi.
Mavzuga oid
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026