Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda 18-55 yosh oralig‘idagi erkaklarga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
Foto: Armaniston Mudofaa vazirligi
18-55 yosh oralig‘idagi armanistonlik erkaklarga mamlakatdan ruxsatsiz chiqish taqiqlandi. Bu haqda «Sputnik Armeniya» yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 55 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar orasida harbiy safarbarlik boshlangan. Shuningdek, 18-55 yosh oralig‘idagi erkaklarga hududlardagi harbiy kommisariyat ruxsatisiz mamlakatdan chiqish taqiqlangan. Mamlakatdagi harbiy holat sabab shunday qaror qabul qilingan.
Ma'lumot uchun, 27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. «Sputnik Armeniya»ga ko‘ra, ikki kundirki davom etayotgan to‘qnashuvlarda Armaniston tomondan 59 nafar harbiy va ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Yuzlab odamlar jarohatlangan. Ozarboyjon Mudofaa vazirligi esa Armaniston to‘qnashuvlar davomida 550 nafar harbiysini yo‘qotganini xabar qilgan.
Kecha, 27 sentabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi voqealarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilgandi. Oldinroq u armanistonliklarga murojaat qilib, mamlakat armiyasi kerakli javobni qaytarishga kuchi yetishini aytgandi. Yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda ikki tomon ham bir-birini ayblamoqda.
Mavzuga oid
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026
Ozarboyjon Erondan norozi, dronni kim otgan?
15:31 / 06.03.2026
Ozarboyjon Erondagi diplomatlarini evakuatsiya qiladi
22:24 / 05.03.2026